Bugun:  
Sayt tarkibi
Bo'lim haqida
Rahbariyat
Abituriyent sahifasi
Internet resurslar
Kontakt
@samdu.uz
Login:
Parol:
 
E'lon

Abiturientlar diqqatiga! 20-iyundan boshlab Samarqand Davlat Universiteti Qabul komissiyasi o'z ishini boshladi. Qabul komissiyasi 20-iyulgacha o'z ishini olib boradi. (20.06.2006)


Samarqand davlat universiteti maxsus sirtqi bo’limiga talabalarni qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari natijalariga ko’ra to’plangan ballarning reyting tizimi asosida amalga oshiriladi. Maxsus sirtqi bo’limlarga qabul barcha uchun teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball to’plagan abituriyentlarning davlat grantlari bo’yicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlarning test ballari reyting asosida belgilangan to’lov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar. Tanlov har bir ta’lim yo’nalishlari va o’qitish tillariga ko’ra alohida o’tkaziladi. Test sinovlarini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi amalga oshiradi. Test sinovlari o’zbek va rus tillarida o’tkaziladi. Abiturient test sinovlarini oliy ta’lim muassasida o’qiydigan tilda topshiradi.

Ta’lim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlarining tegishli fanlar majmuasi belgilangan:

Kod Ta’lim yo’nalishlari Test sinovi o’tkaziladigan fanlar majmuasi Ball
X002 Mehnat ta’limi Fizika
Matematika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
X002 Kasbiy ta’lim Fizika
Matematika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1
X007 O’zbek tili va adabiyoti O’zbek tili va adabiyoti
Tarix
Chet tili
3.1
2.1
1.1
X018 Boshlang’ich ta’lim va sport, tarbiyaviy ish Ona tili va adabiyoti
Matematika
Tarix
3.1
2.1
1.1
X019 Maktabgacha ta’lim va bolalar sporti Biologiya
Ona tili va adabiyoti
Tarix
3.1
2.1
1.1
X041 Informatika ba axborot texnologiyalari Matematika
Fizika
Ona tili va adabiyoti
3.1
2.1
1.1


Maxsus sirtqi bo’limning ayrim yo’nalishlari bo’yicha test sinovlari bilan bir qatorda qo’shimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o’tkaziladi. (36x2.1=75.6 ga teng eng ko’p ballning 0 dan 100 % gacha baholanuvchi):

Kod Ta’lim yo’nalishlari Test sinovi o’tkaziladigan fanlar majmuasi Ball
X150 Musiqiy ta’lim Ona tili va adabiyoti
Tarix
3.1
1.1
X153 Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat Biologiya
Ona tili va adabiyoti
3.1
1.1

Tojik tili va adabiyoti yo’nalishi uchun ko’p balli tizim bo’yicha Tojik tili va adabiyoti hamda Tarix fanlaridan kasbiy imtihonlar va test sinovlari o’tkaziladi:

Kod Ta’lim yo’nalishlari Test sinovi o’tkaziladigan fanlar majmuasi Ball
4200 Tojik tili va adabiyoti Chet tili 1.1

Respublika oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo’limlarga pedagogika ta’lim yo’nalishlariga qabul faqat o’rta maxsus ma’lumot va tegishli ta’lim turi bo’yicha kamida uch yil amaliy pedagogik stajga ega bo’lgan pedagog kadrlardan, shuningdek, bolalar sporti murabbiylaridan amaldagi tartib - qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.

Maxsus sirtqi bo’limga abiturientlarning o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalarining qabul komissiyasi tomonidan 20 iyundan 20 iyulgacha qabul qilinadi.


Abiturient o’qishga kirish chog’ida quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  • ta’lim yo’nalishi, o’quv tili va shakli ko’rsatilgan holdagi ariza;
  • o’rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjat(diplom)ning asl nusxasi;
  • 086 - U shakl bo’yicha tibbiy ma’lumotnoma;
  • pasportning nusxasi;
  • 3x4 hajmdagi 6 dona fotosurat;
  • mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma.

Abiturient tomonidan pasport, harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjat hamda mehnat daftarchasi shaxsan ko’rsatiladi. Abiturient tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abiturient test sinovlaridan chetlashtiriladi.

Test sinovlari 1 avgustda o’tkaziladi.


© SamDU Maxsus sirtqi bo'limi, 2006 | Designed by Behzod Saidov