Tarixi
O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 12 iyun 250 sonli
«2001-2002 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim
muassasalariga qabul to’g’risida» qarori va 2001 yil 28 iyundagi
279 sonli «2001-2002 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim muassasalarining maxsus sirtqi bo’limlariga qabul kvotalari
to’g’risida» qarori, 2001 yil 16 avgustdagi 343 sonli «Oliy
ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida»
qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim
vazirligining 2000 yil 15 noyabrdagi «Oliy ta’limning sirtqi
o’quv shakli to’g’risida Nizom» buyruqlariga asosan Samarqand
Davlat universitetida 2001-2002 o’quv yilidan boshlab maxsus
sirtqi bo’lim faoliyat yurita boshladi.
Ushbu qaror va buyruqlar universitet ilmiy kengashida 2001 yil
6-noyabr va 26-dekabrda muhokama qilindi. Oliy va o’rta maxsus
ta’lim vazirligi tomonidan tavsiya etilgan namunaviy «Oliy ta’limning
maxsus sirtqi bo’limi to’g’risida Nizom» va «Samarqand davlat
universiteti Nizomi» asosida maxsus sirtqi bo’limning Nizomi
ishlab chiqildi va universitet ilmiy kengashida tasdiqlandi.
Ushbu Nizomga ko’ra maxsus sirtqi bo’lim talabalariga universitetning
yetakchi professor-o’qituvchilari, fan doktorlari va fan nomzodlari
mashg’ulotlarni olib borishlari alohida ta’kidlangan.
2001-2002 o’quv yilida maxsus sirtqi bo’limga 5 ta ta’lim yo’nalishi,
ya’ni boshlang’ich ta’lim va tarbiyaviy ish, kasbiy ta’lim,
jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, musiqiy ta’lim, informatika
va axborot texnologiyalari yo’nalishlari bo’yicha 141 tà talabalar
qabul qilingan bo’lsa, 2003-2004 o’quv yilidan boshlab yana
4 ta ta’lim yo’nalishlari: maktabgacha ta’lim va bolalar sporti,
mehnat ta’limi, o’zbek tili va adabiyoti, tojik tili va adabiyoti
yo’nalishlariga ham talabalikka qabul qilindi.
Buguni
Hozirgi kunda bo'limda mingdan ziyod talaba tahsil
olmoqda. Barcha ta’lim yo’nalishlari bo’yicha tayanch o’quv
rejalari asosida ishlab chiqilgan o’quv va ishchi rejalar mavjud.
Maxsus sirtqi bo’limning yillik ish rejasi, o’tkaziladigan tadbirlar
rejasi va boshqa kerakli me’yoriy hujjatlar tegishli ravishda
tasdiqlangan.
Bo’limda o’quv mashg'ulotlari o’zbek, rus va tojik tillarida
olib boriladi.
Maxsus sirtqi bo’lim qoshida ilmiy kengash maqomiga tenglashtirilgan
oquv uslubiy kengash faoliyat yuritadi. Kengash tarkibiga yetakchi
kafedra mudirlari va tajribali professor-o’qituvchilar jalb
qilingan.
Ushbu kengash har oyda bir marta chaqiriladi va bo’lim faoliyatini
boshqarib turadi. Kengash vakolatiga maxsus sirtqi bo’lim talabalariga
mo’ljallab yozilgan muammoli ma’ruzalar matnlari, o’quv, uslubiy
qo’llanmalar, sessiya oralig’i mashg’ulotlari topshiriqlari
kabi ishlarni chop etish uchun universitet o’quv-uslubiy kengashiga
tavsiya etish ham kiritilgan.
Maxsus sirtqi bo’lim mustaqil bilim olish shakli sifatida amalda
bo’lib, uning auditoriyalarida o’qiladigan ma’ruza, o’tkaziladigan
tajriba va laboratoriya, seminar va amaliy mashg’ulotlar talabaga
o’z mustaqil ishini, sessiya oralig'i ishini asosiy va qo’shimcha
adabiyotlar bilan ishlash metodlari, texnologiyalari bilan qurollantirishga
qaratiladi.
Maxsus sirtqi bo’limda ma’ruza o’qish, amaliy, laboratoriya
va seminar mashg’ulotlarini o’tkazishda ilg’or metod va texnologiyalardan
foydalaniladi, jumladan, muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni
rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo’lib yechish, hamkorlik
pedagogikasi, tabaqalashtirish, individuallashtirish va hokazolar.
O’quv jarayonida talabaning sessiya oralig'i ishlari eng asosiy
vosita sifatida ishtirok etadi.
|